Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manba: Burkino-Faso poytaxtidagi mehmonxonaga hujum natijasida 20 kishi halok bo‘ldi
16 yanvarga o‘tar kechasi Burkino-Faso poytaxti Uagaduguga hujum uyushtirilishi natijasida halok bo‘lganlar soni 20 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda mamlakat poytaxtidagi shifoxonalardan birining direktori ma'lum qilgan.
U shuningdek, shifoxonaga o‘qdan jarohatlangan 15 kishi keltirilganini aytgan.
Manbalardan birining aytishicha, "Al-Qoida" a'zolari tomonidan uyushtirilgan bu hujumlardan keyin jangarilar shahardagi 4 yulduzli mehmonxonaga kirib olib, odamlarni garovga olishgan.
Qurollangan shaxslar Burkino-Faso poytaxtiga hujum qilib, odamlarni garovga oldi