Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nasiba Maqsudova: Abdumo‘min kelin izlab yurgandi
“Darakchi” gazetasi marhum suxandon Abdumo‘min O‘tbosarovning hamkasblariga o‘ziga xos minbar taqdim etib, ularning fikrlarini chop etdi. Ulardan biri – oliy toifali suxandon Nasiba Maqsudova hamkasbining ijobiy xislatlarini yodga oldi.
“Abdumo‘min o‘z ishining ustasi bo‘lish barobarida oilaparvar ham, - ta'kidladi u. – “Xalqimizning yaxshi kunlarida birga bo‘laman, lekin o‘zim qachon to‘y qilarkinman? Yaxshi qizlarni bilsangiz ayting”, deb kelin izlab yurgandi...”.
“Biror marta sog‘lig‘idan shikoyat qilmagan, Alloh bergan umr ekan, - so‘zida davom etdi u. – Kutilmagan bu xabardan hali o‘zimga kelolganim yo‘q. Hamkasblar xuddi bir oiladek bo‘lib qoladi, jigarimizdan ayrilgandekmiz”.