O‘zbekiston | 17:22 / 16.01.2016
31526
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda bog‘cha pullari oshirildi

O‘zbekiston rahbarining 2015 yil 22 dekabridagi PQ-2455-son qarori 34-ilovasi bilan 2016 yil uchun O‘zbekiston byudjyetidan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalar ta'minoti uchun ota-onalardan olinadigan to‘lov miqdorlari tasdiqlandi.

Ilova qilingan jadvalda keltirilishicha, bog‘chalar uchun to‘lovlar miqdori biroz oshirilgan.

Shuningdek, hukumatning 2010 yil 18 iyundagi 117-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat maxsus maktabgacha ta'lim muassasalari to‘g‘risida”gi nizomga PQ-2455-son bilan kiritilgan o‘zgartirishga muvofiq, maxsus maktabgacha muassasa faoliyatini moliyalashtirish manbalari yana bittaga ko‘paydi. Endilikda bunday muassasalarda bolalar ta'minoti uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda undiriladigan ota-onalar to‘lovi endilikda maxsus maktabgacha muassasa faoliyatini moliyalashtirish manbalaridan biri hisoblanadi.