Jahon | 09:15 / 16.01.2016
3883
1 daqiqa o‘qiladi

Qurollangan shaxslar Burkino-Faso poytaxtiga hujum qilib, odamlarni garovga oldi

Qurollangan noma'lum shaxslar guruhi G‘arbiy Afrikadagi Burkino-Faso davlati poytaxti Uagaduguga hujum uyushtirdi.

Reyter agentligining ma'lum qilishicha, bu guruh shaharning turli nuqtalarida huquq tartibot organlari xodimlari bilan otishmalar keltirib chiqargan va tinch aholi vakillarini qo‘lga ola boshlagan.

Al Jazeera telekanali ma'lumotiga ko‘ra, shahardagi 4 yulduzli Splendid mehmonxonasida ichida BMT xodimlari bo‘lgan kishilar guruhi asirga olingan. Yuqori martabali amaldorning ma'lum qilishicha, bu hujum "Al-Qoida"ning mintaqadagi bo‘limi jangarilari tomonidan amalga oshirilgan.

Dastlabki ma'lumotlarda bu hujumlar natijasida o‘ndan ortiq kishi halok bo‘lgani haqida aytilgan.