Jahon | 08:59 / 16.01.2016
4702
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Turkmanistonning “Ipak yo‘li”ga qo‘shilishiga umid qilmoqda

Ukraina Turkmanistonning Osiyoda yuklarni Rossiya hududini chetlab o‘tish orqali yetkazishni yo‘lga qo‘yadigan yangi marshrutga qo‘shilishiga umid bildirmoqda. Bu haqda Ukraina bosh vazir o‘rinbosariga asoslanib, “Ukrinform” nashri xabar qilgan.

“Mazkur poyezdning ishga tushirilishi ko‘p yillik ishning natijasidir. Biz ushbu marshrut o‘tadigan mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldik. Umid qilamizki, Turkmaniston ham ushbu loyihaga qo‘shiladi”,- deyilgan xabarda.
U juma kuni Rossiyani chetlab o‘tuvchi sinov konteyneri poyezdining yo‘lga qo‘yilishi Odessa oblastidan Xitoyga yangi “Ipak yo‘li” marshruti bo‘ylab Osiyo mamlakatlariga yuk tashish hajmini sezilarli oshirish imkonini berishini qayd etgan.
Avvalroq 15 yanvardan boshlab, Ukraina Ilichevsk shahridan Ukraina-Gruziya-Ozarbayjon-Xitoy marshruti bo‘ylab Rossiyani chetlab o‘tuvchi yangi “Ipak yo‘li” bo‘lab birinchi sinov poyezdi yo‘lga qo‘yilganligi ma'lum qilingan.