Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriya muhojirlar muammosi tufayli Shengen tartibini vaqtinchalik to‘xtatib turadi
Avstriya kansleri Verner Fayman muhojirlarni qabul qilish bo‘yicha siyosatning o‘zgarganini e'lon qilib, endilikda tekshiruvlarning kuchaytirilishi va Shengen tartibi vaqtinchalik to‘xtatib turilishini bildirgan.
Kantslerning ma'lum qilishicha, mamlakat hududidan qochqin maqomiga ega bo‘lmagan va boshpanaga mutojligi haqida murojaat qilmaganlar chiqarib yuboriladi.
Tekshiruvlarning kuchaytirilishi tufayli chegarada Shengen tartibiga amal qilish vaqtinchalik to‘xtatiladi. Barchadan chegarada shaxsini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
Agar YeI o‘z chegaralarini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, Shengen kelishuvi xavf ostida qolishi aytilmoqda. Unda har bir davlat o‘z chegaralarida o‘zi nazorat o‘rnatishga majbur bo‘ladi.