Jahon | 08:21 / 17.01.2016
3245
1 daqiqa o‘qiladi

Obama AQShda sudlangan Eronning uch nafar fuqarosini afv etdi

AQSh prezidenti Barak Obama AQShda sudlangan Eronning uch nafar fuqarosini afv etdi, deb xabar bermoqda ozod etilganlardan birining advokatiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

Advokat bu qaror ozod etilganlar haqiqiy jinoyatchilik emas, balki savdoga tegishli masalalar bo‘yicha sudlangani bois katta quvonch bilan qarshilanganini aytib o‘tdi.

Avvalroq Eron AQSh va Eron fuqaroliklariga ega Amir Ne'matiy, Said Obadiniy va Nusratulloh Husraviyni ozod qilgani ma'lum qilingandi. Eron prokurori Abbos Ja'fariyning aytishicha, ular AQShda jazo o‘tayotgan 7 nafar eronlikka almashtiriladi.