Jahon | 12:30 / 17.01.2016
4569
1 daqiqa o‘qiladi

Ruhoniy neftga qaramlik darajasini pasaytirish uchun iqtisodiyotni isloh qilishga chaqirdi

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy iqtisodiyotni neftdan olinadigan daromadlarga qaramligini kamaytirish uchun islohotlar o‘tkazishga chaqirdi, deya xabar bermoqda Reuters.

Bu haqda u parlamentga bo‘lib o‘tgan navbatdagi yil uchun mamlakat byudjyeti loyihasini taqdim etish jarayonida ma'lum qildi.

Ruhoniyning so‘zlariga ko‘ra, neftning past narxi unga eltadigan “kindikni kesish” uchun ajoyib sabab hisoblanadi.

Bundan avvalroq esa esa Eron prezidenti yadro shartnomasining tuzilishini “Eron tarixidagi oltin sahifa” deb atagan edi.