Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 14:39 / 17.01.2016
5870
1 daqiqa o‘qiladi
Xalqaro koinot stansiyasida birinchi marta gul ochildi
Xalqaro koinot stansiyasi bortida birinchi marta tsinniya g‘unchasi ochildi. Bu haqdagi xabar va fotosuratni NASA astronavti Skott Kelli o‘z tvitteriga joylashtirdi.
“Ha, koinotda hayotning boshqa shakllari ham bor”, - deya hazil qildi astronavt.
NASA xabarida qayd etilishicha, Kelli Kelli kosmik bog‘bonlik vazifasini o‘z zimmasiga olgan bo‘lib, vaznsizlik holatida o‘simliklarni yetishtirishga qaratilgan Veggie loyihasi doirasida ularni parvarishlamoqda.
2015 yilning avgustida esa HKS bortida rim salat bargi yetishtirilgan edi.