Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bag‘dodda amerikalik 3 harbiyni o‘g‘irlab ketishdi
Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida noma'lum shaxslar amerikalik 3 nafar harbiy xizmatchini o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda Al-Arabya telekanali o‘z manbasiga asoslanib, xabar bergan.
Bu voqea 17 yanvar kuni oqshomida, Bag‘dod shahri janubida ro‘y bergan.
AQSh Davlat departamentidagilar bu voqeadan xabardor ekani aytilmoqda.
"Biz bu haqda xabar oldik. Iroqda amerikaliklar yo‘qolib qolgani to‘g‘ri", deyiladi departament xabarida.
Rasmiy vakilning so‘zlariga ko‘ra, AQSh hukumati Iroq hukumati bilan hamkorlikda yo‘qolgan harbiylarni qidirish ishlarini boshlagan.