Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik odam bank kartasi ma'lumotlarini Twitter’da e'lon qilib, tarmoq foydalanuvchilarini hayron qoldirdi
Yanvar oyining o‘rtalarida londonlik Liam Ketli g‘alati harakati bilan barchani hayron qoldirdi: Twitter orqali HSBC bankining rasmiy akkaunti bilan yozishma olib borarkan, bank kartasi haqidagi barcha ma'lumotlarni, shu jumladan, raqami, pin-kodi, xavfsizlik kodi va amal qilish muddatini e'lon qildi.

Bir necha soat ichida yozuv yuzlab retvitlarga ega bo‘ldi. Ayrimlar ijtimoiy media mutaxassisi bo‘lib ishlaydigan bu shaxsning yozuvini sotsiologik tajriba deb baholadi.
Shuningdek, Ketli 12ta yakunlanmagan karta operatsiyalarini aniqlaganini ma'lum qildi va bu bilan mikroblog foydalanuvchilarining diqqatini yana tortdi. Ammo bank vakillari masalaga jiddiy qarab, foydalanuvchiga Twitter’ning ommaviy platforma ekanligini eslatib qo‘yishdi.

Ketli bu masalada izoh berishdan bosh tortib, akkauntini yopdi va o‘z fotografiyasini mushukning suratiga o‘zgartirib qo‘ydi.
Bank vakili esa bunday xatti-harakatning noto‘g‘ri bo‘lganligini ta'kidlab, bank hech qachon karta haqida ma'lumot so‘ramasligini eslatib o‘tdi.