Jamiyat | 11:09 / 18.01.2016
4384
2 daqiqa o‘qiladi

Di Kaprio "Omon qolgan" filmidagi roli uchun AQSh kinotanqidchilari tomonidan mukofotlandi

Amerikaning Santa-Monika shahrida (Kaliforniya shtati) AQSh kinotanqidchilarining Critics' Choice mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Leonardo Di Kaprio, o‘zining «Omon qolgan» filmida ijro etgan bosh roli uchun eng yaxshi aktyor unvonini qo‘lga kiritdi, deya xabar beradi The Wrap.

«Eng yaxshi aktrisa» mukofoti Bri Larsonga «Xona» filmidagi roli uchun berildi. Kinotanqidchilar eng yaxsh film deb rejissyor Tomas Makkartining «Diqqat markazida» filmini topishdi.

Eng yaxshi ikkinchi plandagi roli uchun mukofoti Alisiya Vikander («Daniyalik qiz») va Silvestr Stallonega («Krid: Rokki avlodi») nasib qildi. «Telba Maks: G‘azab yo‘li» filmi muallifi Jorj Miller eng yaxshi rejissyor deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, Di Kaprio mazkur roli uchun «Oskar» mukofotining «Eng yaxshi aktyor» yznalishida ham nomzod bo‘lib turibdi.

Di Kaprio oltinchi marta «Oskar» mukofoti uchun nomzodlar qatorida