Jahon | 15:05 / 18.01.2016
6249
2 daqiqa o‘qiladi

Hillari Klinton AQSh prezidentiga aylansa, Rossiya bilan munosabatlarni yangidan boshlashini aytdi

AQSh sobiq davlat kotibi, AQSh prezidentligiga nomzod Hillari Klinton Demokratlar partiyasi debatlaridan birida Rossiya bilan munosabatlarni yangidan boshlashni istisno qilmadi, biroq bu AQSh bundan qanday manfaat ko‘rishiga bog‘liq bo‘ladi, deb yozadi RIA «Novosti».

«Bu men bundan qanday manfaat ko‘rishimga bog‘liq», — deya o‘z fikrini bildirib o‘tdi prezidentlikka nomzod bo‘lgan sobiq davlat kotibi.

Klinton bu javobni 2009 yilda bo‘lgani kabi, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi aloqalarda «qaytadan yuklash» tugmasini bosishga tayyor yoki yo‘qligi haqida berilgan savolga qaytargan.

Klintonning eslatishicha, o‘shanda AQSh Rossiyaning Afg‘onistonga harbiy yuklarni Rossiya orqali olib o‘tish uchun rusxat berishiga, yadro qurolini cheklash haqida shartnoma imzolashiga, shuningdek, Eronga nisbatan sanksiyalar bo‘yicha rozilik berishiga erishgan edi.

Hillari Klinton: Putin bilan munosabatlarimiz murakkab bo‘lsada, o‘zaro hurmat asosiga qurilgan