Jahon | 15:17 / 18.01.2016
4590
1 daqiqa o‘qiladi

Latviya prezidenti shifoxonaga tushib qoldi

Latviya prezidenti Raymond Veyonis ayni vaqtda shifoxonaga olib kelingan. Bu haqda Delfi nashri xabar tarqatgan.

"Prezident ma'muriyati Veyonisning shifoxonaga tushib qolgani to‘g‘risidagi ma'lumotni tasdiqlaydi. U joriy haftada hech qanday marosim va tadbirlarda ishtirok eta olmaydi", deyiladi xabarda.

Qayd etish kerakki, u joriy haftada Gruziya parlamenti spikeri Davidom Usapashvili bilan uchrashishi kerak edi.

Bundan oldinroq, Veyonis mamlakat bosh vazirligi uchun o‘z nomzodini qo‘yishini ma'lum qilgandi.