Jahon | 20:35 / 18.01.2016
3244
2 daqiqa o‘qiladi

Nursulton Nazarboyev muddatdan avvalgi parlament saylovlarini o‘tkazish taklifi o‘z vaqtida bildirilganini ta'kidlab o‘tdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev parlament senati raisi Qosim-Jo‘mart To‘qayev va bosh vazir Karimom Masimov bilan maslahatlashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda shuningdek prezident ma'muriyati boshlig‘i Nurlan Nigmatulin ham ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Oqo‘rda matbuot xizmati.

Maslahatlashuv davomida mamlakat majlisi deputatlarining navbatdan tashqari parlament saylovlarining o‘tkazilishi haqidagi tashabbusi ko‘rib chiqildi.

Nazarboyevning ta'kidlashicha, bu taklif qozog‘istonliklar orasida katta qiziqish uyg‘otdi va davlat tomonidan amalga oshirilayotgan chuqur islohotlar va dunyo bozorlaridagi vaziyatni hisobga olgan holda dolzarb hisoblanadi.

Nazarboyev, shuningdek, tashabbus moliyaviy va tashkiliy xarajatlarni oqilonalashtirib, majlis va maslahatlarga saylovlarni birlashtirishga imkon berishini aytdi.

To‘qayevning ta'kidlashicha, bu taklif o‘z vaqtida bildirilgan, chunki bugungi kunda majlis davlat oldida turgan vazifalarni bajarishi uchun xalqning yangi ishonchini qozonishi zarur.