Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ohangaronsement» 2015 yilda 230 ming tonna sementni eksport qildi
«Ohangaronsement» korxonasi 2015 yilda 1,771 mln tonna yoki 2014 yilga qaraganda 4,1 foizga ko‘p sement ishlab chiqardi. Bu haqda “Yevrosement Grupp”ga tayanib UzDaily.uz xabar qildi.
Korxonada, shuningdek, 1,282 mln tonna klinker - sement ishlab chiqarish uchun yarimfabrikant tayyorlandi. Bu boradagi o‘sish ko‘rsatkichi bir yil ichida 3,4 foizni tashkil etdi.
Konchilarning 12 oylik mehnatlari evaziga yil davomida 1,88 mln tonna ohaktosh ham ishlab chiqarilib, reja 2014 yildagiga qaraganda 15,5 foizga oshirib uddalandi.Kombinat tomonidan 41 162 tonna temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Ishlab chiqarilgan sementning 229 268 tonnasi eksport qilinib, 2014 yilga qaraganda 63 238 tonna ko‘p mahsulot xorij mamlakatlariga sotildi.