Jamiyat | 22:32 / 18.01.2016
6392
2 daqiqa o‘qiladi

"Omon qolgan" filmi MDH kinoprokatida yetakchilik qilmoqda

Bosh qahramon Leonardo di Kaprio tomonidan jonlantirilgan "Omon qolgan" filmi MDH hududidagi kinoprokatlarda katta qiziqish bilan tomosha qilinmoqda va bu borada yetakchiga aylangan. Bu haqda 2016 yilning 14 yanvaridan 17 yanvarigacha bo‘lgan kunlar ko‘rsatkichiga asosan, Kinobusiness.com xabar bergan.

Qayd etilishicha, "Omon qolgan" filmi o‘tgan hafta oxirida Rossiya kinoteatrlari bo‘ylab 212,2 mln rubl mablag‘ to‘plagan. Filmning MDHdagi jami daromadi esa 834,66 rubldan oshgan.

Bu boradagi ikkinchi o‘rin Kventin Tarantinoning "Jirkanchli sakkizlik" filmi bo‘lib turibdi. Uning Rossiya kinoprokatida to‘plagan mablag‘i 141 mln rubl.

Uchinchi o‘rin esa "Elvin va Burunduqlar: Katta sayohat"ga tegishli. Bu film hafta kinoprokati natijalariga ko‘ra 131,02 mln rubl yiqqan.

Keyingi o‘rinda "Krid: Rokkining merosi" (39,93 mln rubl). Beshinchi o‘rindan esa rossiyaliklarning «Samyy luchshiy den» (29 mln rub.) filmi joy olgan.

Di Kaprio uchinchi marta «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi

Di Kaprio oltinchi marta «Oskar» mukofoti uchun nomzodlar qatorida

Di Kaprio "Omon qolgan" filmidagi roli uchun AQSh kinotanqidchilari tomonidan mukofotlandi

«Omon qolgan»: nima uchun Leonardo Di Kaprio albatta “Oskar”ga ega bo‘ladi

Kun.uz saytidan di Kaprio ijrosidagi “Omon qolgan” filmiga taqriz