Jamiyat | 11:16 / 18.01.2016
6196
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda qalbaki 10 ming dollar sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamenti tomonidan qalbaki valyuta sotuvchisi fosh etildi, deb xabar beradi “Huquq” nashri.

Aytilishicha, fuqaro F. Qo‘chqorova departamentning Toshkent shahar boshqarmasiga murojaat qilib, noma'lum shaxs unga 4 ming haqiqiy dollar evaziga 10 ming soxta dollar sotib olishni taklif qilgani haqida ma'lumot bergan.

Boshqarma xodimlari o‘tkazgan reyd davomida fuqaro Hamid Sojidov F. Qo‘chqorovaga 8 ming dollar evaziga 20 ming qalbaki dollar sotayotgan chog‘da qo‘lga olindi.
Jinoyatchiga sud tomonidan 6 yillik qamoq jazosi belgilandi.