Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2015 yilda Yaponiyaga kelgan sayyohlar soni rekord darajaga yetdi
2015 yilda Yaponiyaga 19,73 million xorijlik sayyoh tashrif buyurib, bu boradagi ko‘rsatkich rekord darajaga yetdi.
Ushbu ma'lumotlarni Davlat yerlari, infratuzilmalar, transport va turizm vaziri Keyiti Isii matbuot anjumanida oshkor qildi, deya xabar bermoqda TASS.
Sayyohlar oqimining o‘sishi 2014 yilga qaraganda 47,1 foizni tashkil etgan. Yaponiyaga Xitoydan eng ko‘p sayyoh tashrif buyurgan. Ular soni 2015 yilda 4,9 million nafarni tashkil etib, bir yil avvalgiga qaraganda 2,5 million ko‘proq xitoylik Yaponiyani tomosha qilib qaytgan. Shuningdek, Yaponiyaga 3,6 million tayvanlik va 1,5 million gongkonglik tashrif buyurgan.
4 millionga yaqin sayyohlar esa Koreya Respublikasidan bo‘lib, ular sonining o‘sish ko‘rsatkichi 45 foizdan iborat bo‘ldi.
Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, sayyohlar mamlakat hududida 3,77 trln iyen ($31,6 mlrd) sarflashgan. Yapon hukumati 2020 yilga qadar 20 million sayyoh kelib turishini maqsad qilib belgilagan. Ayni shu yili Tokioda yozgi Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.