O‘zbekiston | 18:59 / 19.01.2016
3470
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon mashinasozlik institutida ta'limdagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha Andijon mashinasozlik institutining anjumanlar zalida Andijon viloyati hokimligi va Andijon mashinasozlik instituti hamkorligida “Akademik litseylar faoliyatini takomillashtirishda Oliy ta'lim muassasalari oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzusida seminar-yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Anjuman viloyatdagi Akademik litsey bitiruvchilarini Oliy o‘quv yurtlariga to‘g‘ri yo‘naltirish va ularning kirish ko‘rsatkichlarini oxirgi uch yilligini tahlil qilish maqsadida o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Andijon viloyati hokimligi vakillari, institut professor-o‘qituvchilari, O‘zbekiston Respublikasi Qaxramoni, senator Shukurjon Mamatkulov, viloyatdagi oliy ta'lim muassasalarining Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bo‘yicha prorektorlari, kasb-hunar kollejlari va Akademik litseylar direktorlari ishtirok etdilar.

Seminar yig‘ilishni Andijon mashinasozdik instituti rektori Anvarjon Teshabayev ochib, institutda bu borada olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan mashvaratda institut prorektori Akmaljon Ermatov o‘quv muassasalarining uch yillik sarhisobini taqqoslama tahlilda yig‘ilganlarga batafsil tushintirib, bitiruvchilarning Oliy ta'limga kirish ko‘rsatkichlarini yildan yilga pasayib ketish muammolariga to‘htaldi. Yig‘ilishda uchinchi bosqich o‘quvchilarini OTMga puxta bilimga ega holda tayyorlash borasida aniq reja va takliflar o‘rtaga tashlandi.

Andijon mashinasozlik instituti axborot xizmati.