Jamiyat | 14:49 / 19.01.2016
3443
1 daqiqa o‘qiladi

Apple, Samsung, Sony va Microsoft bolalar mehnatidan foydalanganlikda ayblanmoqda

Huquq himoyachilari tomonidan olib borilgan tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, Apple, Samsung, Volkswagen, Microsoft va Sony kompaniyalari o‘z mahsulotlarida qo‘llaniladigan kobaltni ishlab chiqarishda bolalar mehnatidan foydalanganligini ko‘rsatuvchi testlar o‘tkazilmagani oshkor bo‘ldi. Bu haqda Amnesty International hisobotida ma'lum qilindi.

Huquq himoyachilari taqdim etgan dalillarga ko‘ra, ushbu kompaniyalar kobalt xarid qilayotgan Zhejiang Huayou Cobalt Ltd (Huayou Cobalt) korporatsiyasining Kongodagi bo‘linmasi bolalar mehnatidan foydalanadi.

Kongo shaxtalarida yetti yoshdan oshgan minglab bolalar mehnat qilmoqda. Bundan avvalroq esa huquq himoyachilari AQShning tamaki kompaniyalarini bolalar mehnatidan foydalanishda ayblagan edi.