Jamiyat | 23:13 / 19.01.2016
6916
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyaning eng serfarzand oilasi 19 farzandining tug‘ilishini kutmoqda

Buyuk Britaniyaning eng serfarzand oilasi 19 farzandining tug‘ilishini kutmoqda, deb xabar bermoqda Metro nashri. Gap Lankashirda yashovchi Redfordlar oilasi haqida ketmoqda. 45 yoshli Noel va 40 yoshli Syu Redfordning 18 nafar farzandi bor, hozirda ularning eng kichik farzandlari bor-yo‘g‘i 8 oylik.

2014 yilda juftlik 18-farzand ular uchun ehtimol eng so‘nggi farzand bo‘lishi mumkinligini aytishgandi. Keyinroq esa Syu Redford hech qachon “hech qachon” demasligini aytgan. Endilikda u yangi homiladorlik “katta syurpriz” bo‘lganini aytmoqda. “Bu yangi yilning ajoyib boshlanishi”, demoqda ko‘p farzandli ona.

Er-xotin bir-birlarini yoshliklaridan beri tanishadi. Ayol birinchi marta 14 yoshida homilador bo‘lib qolgan. U bolani qoldirishga qaror qilgan, chunki uning o‘zi ham, turmush o‘rtog‘i ham tug‘ilganlaridan keyin boshqa bir odamlarga boquvga berib yuborilganlar.