Jamiyat | 16:14 / 19.01.2016
3923
1 daqiqa o‘qiladi

Donald Tramp o‘zini xristianlar himoyachisi sifatida e'lon qildi

AQSh prezidentligi uchun nomzod bo‘lgan Donald Tramp dushanba kuni, ta'qib qilinayotgan xristianlarni himoya qilishi haqida e'lon qildi.

«Biz nasroniylikni himoya qilamiz. Agar siz nasroniy bo‘lsangiz dunyoda bo‘layotgan voqealarga, Suriyada bo‘layotgan voqealarga e'tibor qarating. Ular odamlarni boshidan judo qilishmoqda», — deya bayonot bergan Tramp.

«Turli xil joylarga boqing: nasroniylik u yerlarda qamal ostida qolmoqda», — deya qo‘shimcha qilgan 69 yoshli milliarder.

Tramp o‘z chiqishida o‘zining protestant ekanini ham eslab o‘tdi. «Men protestantman va bundan juda juda faxrlanaman», — dedi u.