Jahon | 01:26 / 19.01.2016
3145
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya sharqida qor ko‘chishi oqibatida 5 harbiy halok bo‘ldi

Fransiyada mamlakatning sharqidagi Savoyya departamentidagi tog‘larda qor ko‘chishi oqibatida harbiylar halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda BFM-TV telekanali.

Ko‘ngilsizlik Valfrejyus shahri yaqinida sodir bo‘ldi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 5 kishi halok bo‘lgan. Yana 4 harbiy turli jarohatlar olgan.

Voqea joyida qidiruvlar olib borilmoqda. Bu ishlarga shifokorlar va kinologlar jalb qilingan.