Jamiyat | 09:12 / 19.01.2016
3079
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyalik yozuvchi Mishel Turne olamdan o‘tdi

Fransiya klassik adabiyoti vakili, yozuvchi Mishel Turne 92 yoshida vafot etdi. Bu haqda Le Monde nashri xabar bergan.

Turne 1924 yilda Parijda tug‘ilgan, Radio France va Europe 1 radiolarida muxbir sifatida, Le Monde va Le Figaro gazetalarida nemis tilidagi matnlar tarjimoni sifatida faoliyat yuritgan.

U o‘zining birinchi romani "Juma, yoki Tinch okeani limbi" nomli asarini 1967 yilda nashr qildirgan. 3 yil o‘tgach, u "O‘rmon hukmdori" asari uchun Gonkur mukofotini qo‘lga kiritgan.

Qayd etish kerakki, Turne Jil Delez, Rojye Nime va Per Bulez kabi yozuvchilar bilan yaqin do‘st edi.

Yozuvchi Il-de-Frans markazidagi Shuazel shaharchasida, o‘z uyida qarindoshlari davrasida jon bergan.