Jamiyat | 17:04 / 19.01.2016
4670
2 daqiqa o‘qiladi

Ledi Gaganing Oskarga munosibligi shubha ostiga olindi

Xonanda Ledi Gaganing Oskar mukofotiga nomzodligi prodyuser Linda Perri tomonidan “g‘irromlik” deb baholandi. Bu haqda The Hollywood Reporter nashri yozmoqda.

Ledi Gaga Dayan Uorren bilan birga “Qo‘riqxona” filmidagi Til It Happens to You treki uchun Oskarga nomzod sifatida ko‘rsatilgan. Perrining taxminiga ko‘ra, Ledi Gaga kompozitsiyaning yozilishida ishtirok etmagan, u shunchaki qo‘shiqni ijro etgan. AQSh kinoakademiyasining qoidalariga muvofiq, oltin haykalcha qo‘shiq ijrochilariga berilmaydi.

Uorren ijro etgan demodan ma'lum bo‘lishicha, Ledi Gaga, Perrining ta'biricha, “qo‘shiqqa bir nechta yangi so‘z kiritgan, xolos”.

Perrining taxmin qilishicha, Uorren qo‘shiqni reklama qilish maqsadida Ledi Gagani hammuallif deb belgilagan.

Oradan bir muddat o‘tgach, prodyuser bu so‘zlari uchun uzr so‘radi va qo‘shiqning yaratilishini bevosita kuzatmaganini tan oldi.

Uorren, o‘z navbatida, kompozitsiya Ledi Gaga bilan “o‘ziga xos hamkorlik” mevasi ekanligini ta'kidlab o‘tdi.