Jahon | 15:23 / 19.01.2016
4037
1 daqiqa o‘qiladi

Moskva aeroportlarida qor bo‘roni oqibatida 100dan ortiq reys bekor qilindi

Moskva aeroportlarida qor bo‘roni oqibatida 100dan ortiq reys bekor qilindi. Bu axborot onlayn-tablo ma'lumotlarida aks etdi.

Rosaviatsiya vakillari qor bo‘roni aeroportlar faoliyatiga jiddiy ta'sir ko‘rsatmaganini ta'kidlamoqda, lekin, shunga qaramay, shu paytga qadar 100dan ortiq reys bekor qilingani onlayn-tablo orqali e'lon qilindi.