Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarbayjon valyuta operatsiyalarga nisbatan cheklovlar joriy qildi
Ozarbayjon hukumati 50 ming dollardan ortiq summadagi pul o‘tkazmalari uchun 20 foizlik majburiy to‘lov joriy qilmoqchi. Bu haqda markaziy bank rahbari Elman Rustamov ma'lumot berdi.
Trend resursining ma'lum qilishicha, “Valyuta regulyatsiyasi to‘g‘risida”gi qonunga kiritiladigan o‘zgartishlarda davolanish, ta'lim, sud qarorlari ijrosi bilan bog‘liq pul o‘tkazmalariga nisbatan cheklovlar joriy qilinmaydi.
Shuningdek, mamlakatga qimmatbaho qog‘oz va ko‘chmas mulk xaridi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya sifatida kiritiladigan mablag‘lar yangi soliqqa tortiladi.