O‘zbekiston | 18:57 / 19.01.2016
5383
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarachilari o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazishdi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida, “Dostuk” nazorat punkti yaqinida O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarachi qo‘shinlari birgalikda o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazishdi. Bu haqda Qirg‘iziston chegara xizmati xabariga asoslanib, Sputnik agentligi xabar bermoqda.

O‘quv-mashg‘ulotlari davomida chegarachilar chegarani noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘lgan shartli qoidabuzarni qo‘lga olish, qalbaki hujjatlarni aniqlash, portlovchi moddani topish va qurol yashirilgan maxfiy joyni aniqlash kabi topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarishdi.

Ushbu namunali mashg‘ulotlar, chegaradan noqonuniy ravishda qurol-aslaha, narkotik va portlovchi moddalarni olib o‘tishga qarshi kurashda, ikki mamlakat chegarachi qo‘shinlarining xatti-harakalarini muvofiqlashtirish maqsadida o‘tkazildi.

O‘quv-mashg‘ulotlarida chegara qo‘shinlaridan tashqari Ichki Ishlar vazirligi, Davlat Milliy Xavfsizlik qo‘mitasi, Davlat Narkotiklar nazorati qo‘mitasi va Davlat Bojxona xizmatlarining xodimlari qatnashishdi.