Jahon | 13:33 / 19.01.2016
6949
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda Qozoq xonligi haqidagi multfilm yakuniga yetkazildi

Janubiy Qozog‘iston viloyatining markazi – Chimkent shahrida joylashgan “Sak” kinostudiyasi milliy loyiha bo‘lmish “Qozoq xonligi” to‘la metrajli animatsion film ustidagi ishlarni yakunladi. Bu haqda mahalliy matbuotda xabar qilinmoqda.

“Ekspress K” nashrining yozishicha, 70 daqiqali multfilm madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan buyurtma qilingan bo‘lib, uning ustida 60 kishilik jamoa ishlagan. 3D-animatsiyasi yordamida Sig‘noq, O‘tror, Taroz, Isfijob singari qadimiy shaharlarning qiyofasi yaratildi.

Voqealar xonlik asoschilari deb hisoblanuvchi Jonibek va Kereyxonlar haqida hikoya qiladi. Stsenariynavis Baqitjon Quljaboyevning fikricha, filmda oltin o‘rtaliq topilib, jiddiy tarixiy mavzu bolalar dunyoqarashi bilan omuxtalashtirilgan.