Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda bog‘lar va xiyobonlarning 90 foizi diodli yoritish uskunalari bilan yoritilmoqda
Samarqand shahri ko‘chalarida kechki paytda 27 mingga yaqin chiroqlar ishlatiladi. Oxirgi yillarda shahar ma'muriyati eski lampalarni diodli yoritish uskunalari bilan almashtira boshladi. Bugungi kunda bog‘lar va xiyobonlarning 90 foizi diodli uskunalar bilan yoritilmoqda.
“Mamlakatimizning ko‘pchilik shaharlarida bo‘lganidek, Samarqandda yoritish texnik uskunalarini takomillashtirish va yoritish xo‘jaligi modernizatsiyasi borasida ishlar olib borilmoqda, - dedi “Samarqandnur” DUK bosh muhandisi Isroil Yarullayev “Narodnoye slovo” gazetasiga bergan intervyusida.–
Xususan, 2015 yilda Registon, Bo‘stonsaroy, Universitet xiyoboni ko‘chalarida yoritish tizimi modernizatsiyasi o‘tkazildi. Bu yerlarda mingdan ortiq LED-chiroqlar o‘rnatildi”.