Jamiyat | 10:50 / 19.01.2016
4479
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda bolalar uyining logopedi soxta diplom asosida ishlab kelgani ma'lum bo‘ldi

Samarqand viloyat bolalar uyida logoped lavozimida ishlab kelgan Farida Tursunovaning oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplomi qalbaki ekanligi joriy tekshiruv davomida aniqlandi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, Farida Tursunovaga qaynsinglisi Zebo Navoiy davlat pedagogika institutining boshlang‘ich ta'lim va sport tarbiyaviy ishlar bo‘yicha sirtdan o‘qiganligi to‘g‘risidagi diplomni ming dollarga to‘g‘irlab bergan. Lekin ushbu diplomga kiritilgan barcha ma'lumotlar qalbaki edi.

2013 yilning 16 dekabr kuni Tursunova bolalar uyiga logoped sifatida ishga joylashgan. Ammo tekshiruv davomida hujjatning soxta ekanligi aniqlangan.

Sud Farida Tursunovaga ish haqining 15 foizini davlat hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinladi.