Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda davomli teraktlar sodir etilishi to‘xtatib qolindi
Hindiston razvedka xizmati mamlakat shimolida va Xaridvarda yirik teraktlar amalga oshirilishi to‘xtatib qolingani haqida ma'lum qildi. India Today nashrining yozishicha, Xaridvar induizmning 7ta muqaddas shahridan biri hisoblanadi.
Ma'lum qilinishicha, maxsus amaliyot orqali IShID a'zolari bo‘lgan 3 kishi qo‘lga olingan.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ma'lumotiga ko‘ra, ular "teraktga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichi"da bo‘lishgan va Nyu-Deli hamda boshqa shaharlarda Suriyadagi jangarilar ko‘magi bilan davomli teraktlar sodir etish arafasida edi.
Bundan oldinroq, Hindiston bosh vaziriga IShID tomonidan tahdid bitilgan maktub jo‘natilgani haqida xabar berilgandi.
19 yanvar kuni mamlakat bosh vaziri Narendra Modi Assamga tashrif buyurgan vaqtda portlash sodir bo‘ldi.