O‘zbekiston | 11:59 / 20.01.2016
5552
7 daqiqa o‘qiladi

Jizzax o‘tgan hafta davomida qisqa satrlarda

O‘tgan hafta Jizzax viloyatining shahar va tumanlarida yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganing 24 yilligi va “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan hamda ma'naviy-ma'riy yo‘nalishlarda tadbirlar, davra suhbatlari uyushtirildi. Quyida ularning qisqacha ma'lumoti bilan tanishtiramiz.

*****

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Vatan himoyachiloari kuni” munosabati bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlari, Mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofatlash to‘g‘risi”gi Farmonga imzo chekdi.

Davlatimiz mudofaa qudratini yanada yuksaltirish, milliy xavfsizlik va davlat chegaralari daxilsizligini ta'minlash ishiga qo‘shayotgan katta hissasi uchun Jizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasi harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi bo‘linma komandiri Eshonqulov G‘ayrat Meliyevich “Jasorat” medali bilan, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Jizzax Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Temirov Zafar Nuraliyevich “Shuhrat” medali bilan mukofatlandi.


*****

Yunus Rajabiy nomidagi viloyat musiqali drama teatrida 14 yanvar –Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topgan kunning 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

*****

Jizzax viloyati markazi Jizzax markazida eng yirik “Zargarlik” mahallasi bo‘lib, 54 ta ko‘p qavatli uylarida 2161 ta xonadonda 12 ming nafardan oshiq aholi istoqomat qiladi. Har bir mahallaning o‘ziga yarasha yutuqlari bulganidek, bugungi kungacha yechimini kutib yotgan muammolar ham bor. Shunga qaramay o‘tgan 2015 yilda mazkur hududda ko‘zga ko‘rinarli ishlar amalga oshirildi. Bu xayrli ishlarga mahalla fuqarolar yig‘ini bosh bo‘ldi.

Jumladan, aholiga qulayliklar yaratish maqsadida yo‘laklar yangidan qurildi, 7 ta to‘qqiz qavatli uylardagi liftlar ishga tushirildi, 30 ta uyning fasad qismi, kirish yo‘laklari, yerto‘lalari kapital ta'mirlandi, bu ishlarni bajarish uchun hududda faoliyat ko‘rsatayotgan 11 ta uy-joy mulkdorlari shirkatlari banklardan 450 million so‘m kredit oldilar. Aksariyat uylarning kirish joylariga kodli qulf eshiklar o‘rnatildi.

*****

Jizzax sanoat va servis kasb-hunar kollejida Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish-eng oliy saodatdir” nomli asarining mazmun-mohiyatini batafsil tushintirish maqsadida taqdimot bo‘lib o‘tdi.

*****

O‘tgan yili Jizzax shahridagi 9 ta kasb-hunar kollejini 43 mutaxassislik bo‘yicha 3173 nafar yosh bitirdi. Kasbi bo‘yicha ishga joylashishni nazarda tutadigan uch tomonlama shartnomaning tuzilgani bitiruvchilar bandligini ta'minlashda qo‘l kelyapti.

-Jizzax shahrida keyingi besh yilda 467 ta korxona ishga tushirildi, — deydi Jizzax shahar hokimligining bosh mutaxassisi Akbar Qayumov. — 2015 yilda umumiy qiymati 153 milliard 454 million so‘mlik 46 ta loyiha amalga oshirilib, 1010 ta ish o‘rni yaratildi.

*****

O‘tgan 2015 yilda «Mahalla» xayriya jamoat fondi Do‘stlik tumani bo‘linmasi Keksalarni e'zozlash yilida xalqimizning ezgu fazilatlarini davom ettirish, sog‘lom muhit barqarorligini mustahkamlash, keksalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsatishdek an'analarni targ‘ib qilishdagi faoliyati sermahsul bo‘ldi.

Fondning Do‘stlik tumani bo‘linmasi tomonidan «Keksalarni e'zozlash yili» Davlat dasturiga muvofiq, 50 nafarga yaqin keksa otaxon va onaxonning Samarqand, Buxoro, Jizzax viloyatlaridagi diqqatga sazovor joylarga sayohati tashkil etildi. Har bir mahallada yoshi ulug‘ insonlar ro‘yxati tuzilib, moddiy va ma'naviy g‘amxo‘rlik ko‘rsatishda aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar olib borildi. Qariyalar holidan xabar olish, ularga har tomonlama yordam ko‘rsatish, ijtimoiy muhofazaga olish masalalariga bo‘linma tomonidan ustuvor vazifa sifatida qaraldi.


*****

Jizzax viloyat va shahar hokimligi Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan Tssenariy muallifi va rejisyor Hakimjon Fozilov, Tasvirchi Isfandiyor Eshonqulov, Badiiy rahbar Abulqosim Ahmedov hamda aktiyor Baxtiyor Xolmatovlar tomonidan tasvirga olingan “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” diya nomlangan ijtimoiy rolik bugungi kundagi dolzarb masalani mazmuniga qaratilgan.Ya'ni, ota telefon orqali dastlab boshlig‘i bilan gaplashganda yaxshi muomilada bo‘lib undan keyin o‘z ukasi bilan gaplashganda esa “Sen mensiz biror ishni bajara olmaysan-a!” degan iborani ishlatadi. O‘z navbatida bu holatni kuzatib o‘tirgan o‘g‘il sinfdoshi telefon qilib yordam so‘raganda otasi qilgan muomilani qiladi. Bu holatni ko‘rgan ota “O‘g‘lim axir u sening eng yaqin sinfdosh do‘sting edi-ku!” degan savoliga o‘g‘il otasini telefondagi so‘zlashuvini eslatadi. Ko‘rinib turibdiki ushbu rolik “Farzandingiz sizdan nimani o‘rganayapti?” degan savolga oydinlik kiritish maqsadida tasvirga olingan.

*****

Jizzax viloyatining barcha umumta'lim maktablarida "Yoshlarni yot g‘oyalar ta'siridan saqlashda oila va o‘quv muassasining o‘rni” mavzusida maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Ushbu uchrashuvlarda, O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti Kengashi Ijroiya qo‘mitasi xodimlari ham ishtirok etib, bugungi globallashuv jarayonida dunyo sahnasida bo‘layotgan vaqea hodisalar, kishilik jamiyatida sodir etilayotgan vahshiyliklar, terrorizm degan ofat hozirda insonlar umriga zavol bo‘layotganligi va biz qurayotgan jamiyat bu kabi illatlarga qarshi turish birinchi o‘rindagi vazifamiz bo‘lishi kerakligi xususida so‘z yuritishmoqdadi. Shuningdek, ayni damda dunyodagi ba'zi manfur insonlarning o‘z manfaati yo‘lida qilayotgan vahshiyliklarining naqadar yomonligi, yoshlarimizning ongini zaharlashda ular har qanday vositalardan foydalanishga harakat qilayotganligi xususida ham fikrlar bildiriolmoqda.


Jizzaxdan jamoatchi muxbirimiz Akmal Binokulov.