Jahon | 18:21 / 20.01.2016
17892
1 daqiqa o‘qiladi

Matematiklar eng katta tub sonni ochishdi

Uorrensberg shahridagi Missuri markaziy universiteti matematigi Kyortis Kuper fanga ma'lum bo‘lgan eng katta tub sonni ochdi. U  2ning 74,207,281 darajasidan -1ga teng bo‘lib, 22 338 618 raqamdan iboratdir. Bu haqda New Scientist jurnali xabar bermoqda.

Tub son - birdan katta natural son bo‘lib, ikkita natural bo‘luvchiga ega: 1 va o‘zi. Ochiq son GIMPS (Great Internet Mersenne Prime Search) loyihasi doirasida olingan.