O‘zbekiston | 12:47 / 20.01.2016
3922
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK Novosibirsk xalqaro aeroportida aviakompaniyalar ichidagi eng puxtasi sifatida tan olindi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi Novosibirsk xalqaro aeroportidan yo‘lovchi reyslarni amalga oshiruvchi eng puxta aviatashuvchi deb tan olindi.

Uzbekistan Airways bergan xabarga ko‘ra, 2015 yilning dekabr oyi natijalari «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasining «Tolmachevo» aeroportidan reyslar amalga oshiruvchi aviatashuvchilar o‘rtasida havo kemalarining parvoz jadvaliga rioya etish ko‘rsatkichi bo‘yicha eng puxtasi bo‘lganini ko‘rsatgan.

Novosibirsk aeroporti rahbariyati «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasiga sifat ko‘rsatkichlarini oshirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi va bundan keyin ham hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdorligini ayon qildi.