Jahon | 11:52 / 20.01.2016
2843
1 daqiqa o‘qiladi

Pokistondagi universitetga hujum qilganlardan 2 nafari yo‘q qilindi

Pokiston politsiyachilari Charsadda shahridagi universitetga hujum uyushtirgan jangarilarning 2 nafari o‘ldirilgani haqida ma'lum qilishdi.

Reyter agentligining rasmiy manbaga asoslanib, xabar berishicha, bu hujum natijasida kimyo fani o‘qituvchisi halok bo‘lgan hamda 50 nafarga yaqin kishi jarohatlangan. Ularning bir qanchasi og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda.

Hujum vaqtida universitet hududida 3 ming nafarga yaqin talaba bo‘lgan.

Xabarda aytilishicha, universitet hududida maxsus xizmatlar vakillari hamda jangarilar o‘rtasida otishma davom etmoqda.

Pokistondagi universitetda 2ta portlash yuz berib, bir kishi halok bo‘ldi