Jahon | 15:06 / 20.01.2016
3402
1 daqiqa o‘qiladi

Pokistondagi universitetiga uyushtirilgan hujum qurbonlari soni 25 nafarni tashkil qilmoqda

Pokiston shimoli-g‘arbidagi Charsadda shahrida joylashgan universitetga uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 25 nafarga yetdi. Bu haqda, Pokiston axborot vaziri Shavkat Yusufzay bergan bayonotga asoslanib, Dayli Pakistan xabar bergan.

20 yanvar, chorshanba kuni tongda bir guruh qurollangan shaxslar Charsadda shahridagi universitetga bostirib kirdi. Taxminlarga ko‘ra, oliygohga hujum qilgan guruh a'zolari soni sakkiz nafargacha bo‘lgan.

Hujum yuz bergan vaqtda oliy ta'lim muassasasida 3 mingga yaqin odam bo‘lgan.

Halok bo‘lganlar orasida universitetning kimyo kafedrasi professori ham borligi aytilgan.

Bu hujum uchun javobgarlikni «Tahrik-va-tolibon Pokiston» guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Pokistondagi universitetda 2ta portlash yuz berib, bir kishi halok bo‘ldi

Pokistondagi universitetga hujum qilganlardan 2 nafari yo‘q qilindi