Jahon | 12:47 / 20.01.2016
3830
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya harbiy razvedkasi rahbari Pxenyan va Seul munosabatlari bo‘yicha yangi kurator bo‘ldi

Koreya xalq armiyasi razvedka boshlig‘i, to‘rt yulduzli general Kim Yen Chxol KXDRning Seul bilan munosabatlari bo‘yicha yangi kurator etib tayinlandi. Bu haqda “Ryonhap” agentligi Koreya Respublikasi Milliy razvedka xizmatidagi axborot manbasiga tayanib xabar bermoqda.

“U Koreya Mehnat partiyasi MK siyosiy byurosi kotibligi va KMP MK Yagona fronti bo‘lim boshliqligi lavozimlariga ham tayinlandi”, - deya qayd etdi agentlik axborot manbasi.
2015 yilning dekabrida Janubiy Koreya bilan munosabatlar kuratori 73 yoshli Kim Yan Gon avtohalokatda vafot etgan edi.

Koreya Respublikasi OAV Kim Yen Chxol esa 2009 yildan buyon KXDRning xorijdagi razvedka amaliyotlari, elektron va kibernetik razvedka uchun javobgar hisoblanadi.