Jahon | 10:13 / 20.01.2016
2644
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda mushak fabrikasidagi portlash oqibatida 25 kishi jarohatlandi

Xitoydagi Tszyansi viloyatida joylashgan mushak fabrikasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 25 kishi aziyat chekdi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar bermoqda.

Bundan tashqari, yana 4 kishi dom-daraksiz yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritildi. Bular qorovullar va oshpazdir.

Voqea joyidan 5 km narida yashovchi guvohning xabar berishicha, portlash zarbi o‘sha yergacha yetib kelgan. Yana bir guvohning so‘zlariga ko‘ra, portlashni ko‘pchilik yer silkinishi deb o‘ylagan.