Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda siyosiy maslahatchi korrupsiya tufayli 12 yilga qamaldi
Xitoy xalq siyosiy konsultativ kengashi Butunxitoy qo‘mitasi rahbarining sobiq o‘rinbosari Yan Gan korrupsiyada ayblanib 12 yilga qamaldi. Sinxua agentligining xabar berishicha, bunday qaror uchinchi Pekin xalq sudi tomonidan chiqarilgan.
Jarayon materiallaridan ma'lum bo‘lishicha, 2008 yil fevralidan 2013 yil avgustiga qadar Yan Gan shaxsan yoxud rafiqasi va o‘g‘illari vositachiligida milliy valyutada 12.16 mln yuan (1.8 mln dollar) miqdorida, chet el valyutasida 11 ming dollar miqdorida naqd pul shaklida, shuningdek, 1.56 mln yuanlik (237.2 ming dollar) aktivlar shaklida pora olgan.
“Yan Ganning 1 mln yuanlik (152 ming dollar) mulki musodara qilinadi”, - deyiladi sud qarorida. Yan Ganga nisbatan partiyaning ichki aksilkorruptsion surishtiruvi 2013 yilda boshlangan edi. O‘shanda u barcha lavozimlardan bo‘shatilgan edi.