Jahon | 10:10 / 21.01.2016
3931
2 daqiqa o‘qiladi

“Lukoyl” rahbari xususiylashtirishni o‘tkazishga chaqirdi

Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi rahbari Vohid Alekberov RBK nashri intervyusida neft kompaniyalarida hech qanday pul qolmayotganini, barcha mablag‘ investitsiyalar va sanoatni rivojlantirishga yo‘naltirilayotganini ta'kidlab o‘tdi: “Neftchilarda hozir hech qanday pul qolmayapti! Hamma pul investitsiyalarga, Rossiya sanoatini ko‘tarishga ketmoqda. Agar biz bu pullarni sarflashni to‘xtatsak, qora metallurgiya, quvur prokati sanoati, yengi sanoat, mashinasozlik bilan bog‘liq ko‘plab monoshaharlar to‘xtab qoladi.

Tushunish kerak: bugun biz hech narsa to‘plamayapmiz. Bizning balanslarimiz shaffov hamda moliya vazirligi va hukumatga tushunarlidir”. “Bozorda bugun bo‘layotgan narsalar 90-yillar ssenariysidir, - dedi u. – O‘shanda soha birlashib, yiriklashish hisobidan o‘z xarajatlarini qisqartirishi mumkin”.

Shuningdek, Alekberov o‘zi ko‘rayotgan yechimlar haqida gapirdi: “Ko‘p kapital talab qiladigan loyihalardan voz kechish kerak, ular uzoq istiqboldagina naf keltiradi. Ularni realizatsiya qilish ishtiyoqi qanchalar baland bo‘lmasin, hozir birlashib, bir muddat sabr qilish lozim. Bu ikki yoki besh yil davom etishi mumkin. Birlashish va kutish kerak”.

“Xususiylashtirish kerak, - xulosa qildi biznesmen. – 90-yillarda xususiylashtirish neft qazib olishning hamda investitsiyalar oqib kirishining o‘sishiga turtki bo‘lgan edi”.