10:22 / 21.01.2016
17446

Ikkinchi hikoya: «Endi men yashashni istayman...»

U qizalog‘i, uning kasal yuragi to‘g‘risida gapirib berayapti, ko‘zidan esa yosh to‘kilib, yuzidan asta-asta oqib tushmoqda. Shodiya qizalog‘i uning yig‘isini eshitmasin va ko‘z yoshini ko‘rmasin, deb Gulya asta-sekin, ovozini chiqarmay yig‘lashga o‘rgangan.

Shodiya Oljabayeva fevralda uch yoshga to‘ladi. Gulya ayasi: «Xudo xohlasa», deb qo‘shib qo‘yadi. Qizining kelajagi haqida gapirar ekan, doim shu iboradan boshlaydi. Chaqaloq muddatdan ilgari, vazni atigi 1600 gramm bo‘lib tug‘ildi. Bir parcha baxt... Ustiga-ustak, qizalog‘iga tug‘ruqxonada shifokorlar «tetrada Fallo» - «ko‘k xastalik» deb ataluvchi, fransuz shifokori Fallo aniqlagan, o‘zida birdaniga to‘rt anomaliyani mujassam etgan yurak kassaligi tashhisini qo‘yishdi. Kichkinagina bir yurakchada to‘rtta anomaliya...

Tug‘ma yurak xastaliklari har ming yangi tug‘ilgan bola boshiga 6-8 marotaba uchrab turadi. Yangi tug‘ilgan va bir yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi sabablari orasida ular birinchi o‘rinda turadi. Xastalik qancha ertaroq aniqlansa, shunchalik uning vaqtida va muvaffaqiyatli davolanishiga umid baxsh etadi. Agar tug‘ma yurak kasalligi vaqtida operatsiya qilinsa, bolada mutlaq sog‘lom odam bo‘lishga imkoniyat tug‘iladi.

Hali uch yil o‘tmasdan Shodiyaning yuragidagi sog‘ yurakda uchramaydigan teshik 4 mmdan 10 mmgacha kattalashib ketdi. Hayot bo‘lishi uchun talab etilgan jarrohlikni qoldirib kelishayotgan edi - qizaloq tez-tez kasalliklarga chalinar, anemiya va vazni kamligidan qiynalardi. Bularning barchasi shunday tashhis qo‘yilgan bolalarga xos. Lekin tibbiy taqiqlovlardan tashqari, yolg‘iz boshi bilan bola o‘stirayotgan ona uchun bartaraf etib bo‘lmaydigan yana bir to‘siq ham bor edi. Ochiq yurakda jarrohlik o‘tkazish uchun juda qimmat bo‘lgan oksigenator – qon sun'iy qon aylantirish apparatidan o‘tayotganda uni kislorod bilan ta'minlovchi moslama zarur. Poytaxtning Yunusobod mavzesida istiqomat qiluvchi Gulya aya ko‘rinishidan o‘zi ham hali qizboladek bo‘lsa-da, qizini yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ona va hayotda yolg‘iz qolib ketgan farzand. Onasi undan yuz o‘girgan, hatto nevarasini ham tan olmaydi va har qanday yordamdan bosh tortgan. Mushtipar onaga mahalla ham yordam bermagan, chunki uning propiskasi ham muammoli. Bo‘sh vaqtida Gulya parda tikib tirikchilik qiladi. Lekin og‘ir kasalga mubtalo bo‘lgan qizaloq onasining bo‘sh vaqti qancha ham bo‘lishi mumkin...

O‘zbekistonda bolalarni operatsiya qilish va davolash bepul, lekin davlatimiz hali barcha yuragini operatsiya qilishga muhtojlarni oksigenatorlar bilan ta'minlab berolmaydi.

Shodiya Oljaboyevaning omadi yugurgan ekan, unga oksigenator «Sochnaya dolina» savdo markasi 2015 yilda o‘tkazgan «Birgalikda hayotlarni qutqaramiz!»  aksiyasidan tushgan pul mablag‘i xisobiga olindi. Noyabr oyida sotilgan sharbatning har bir qutisidan tushgan pulning bir qismi og‘ir kasallikga chalingan bolalarning operatsiyalariga o‘tkazildi. Aktsiya 15 bolakay uchun mablag‘ yig‘ishga muvuffaq bo‘ldi. Pul Toshkent pediatriya institutining klinikasi hisob raqamiga o‘tkazildi va u yerda mazkur operatsiyalar o‘tkazildi. Shifokorlar o‘z bemorlarini ular tug‘ilgan kunidan yoki yurak xastaligi aniqlangan kundan yaxshi tanishadi, ularning oilaviy ahvolidan, ota-onasining imkoniyatlaridan ham xabardor bo‘lganlari uchun o‘zlari kam ta'minlangan oilalardan operatsiyaga nihoyat muhtoj bo‘lgan bolalarni tavsiya etishdi.

Gulya ayajon oynaning oldida yana yig‘lamoqda, lekin bu safar uning yuzida tabassum bor. Kardiojarroh Doniyor Pirnazarov aytishicha, to‘rt soat davom etgan operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan va endi Shodiyaning sog‘ayib ketishiga shubha yo‘q. «Bular baxt ko‘z yoshi, endi men yashashni istayman...», deydi va «Rahmat, rahmat, rahmat, hamma yordam berganlarga rahmat...», deb to‘xtamasdan shivirlaydi onaizor.

Bu «Birgalikda hayotlarni qutqaramiz!» aksiyasi doirasidagi o‘n beshta «yurak» hikoyalarining ikkinchisi edi. Hali hikoyalarning davomi bo‘ladi.

Yurak hikoyalari. Birinchi hikoya. «Men bor joyda - doim quyosh charaqlaydi...»

Reklama huquqlari asosida.

Top