Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldova parlamenti oldidagi norozilik namoyishlarida 15 kishi jarohat oldi
Moldova Tez tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi shoshilinch tibbiyot bo‘limi boshlig‘i Igor Kurov Moldova parlamenti oldidagi norozilik namoyishlarida 15 kishi jarohat olganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik nashri.
“Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, tez tibbiy yordam shifoxonasiga 15 kishi yetkazilgan, ulardan 9 nafari politsiyachi va 6 nafari fuqarolar. Ular tayanch-harakatlanish apparati va boshlaridan o‘rta og‘irlikdagi jarohatlar olganlari aniqlangan”, deb aytdi Kurov.
Kurovning aytishicha, o‘ng sentristlar faoli Kirill Motspanning boshi yorilgan. Shuningdek, bir guruh namoyishchilar Liberal partiya yetakchisi Mixay Gimpga jarohat yetkazganlar.
Moldova poytaxti Kishinyovda parlament oldida boshlangan ommaviy norozilik namoyishlari betartibliklar va politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketgan. Namoyishchilar Pavel Filip boshchiligidagi yangi hukumatning tasdiqlanishiga qarshi chiqishgan. Bundan avval parlament yig‘ilishida parlament mamlakat aloqa vaziri Pavel Filipni bosh vazir etib tayinlanishini qo‘llab-quvvatlagandi hamda uning dasturi va hukumat tarkibini tasdiqlagandi.