Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Anjyelina Joli va Bred Pitt yarim yil Londonda yashaydi
Amerikalik aktyorlar Anjyelina Joli va Bred Pitt farzandlari bilan yarim yilga Londonga ko‘chib ketadi, deya yozmoqda Daily Mail. Ushbu oilaga tanish axborot manbasining tasdiqlashicha, Britaniya poytaxtida Pitt “Z olamlar jangi” filmida suratga tushadi. Ma'lumotlarga ko‘ra, aktyorlar oilasi mart oyida yangi manziliga ko‘chib kelishadi.
Yangi kartinada Bred Pitt bosh rolni ijro etadi. Shuningdek, u mazkur filmda prodyuser vazifasini ham bajaradi. Pitt filmda suratga olish jarayonida uning turmush o‘rtog‘i Joli gumanitar masalalar bilan mashg‘ul bo‘lishi mumkin. Jumladan, aktrisa Yevropadagi qochqinlar masalasiga oid tadbirlarda ishtirok etadi.
Axborot manbasi so‘zlariga ko‘ra, Pitt va Joli o‘zlariga Londonda turar-joy sotib olishni mo‘ljallashmoqda. Biroq hozircha ular biror to‘xtamga kelishgani yo‘q. Nashrning eslatishicha, 2012 yilda Pitt “Maslahatchi”, Joli esa “Malefisent” filmlarida suratga tushganida, juftlik Londonda turar-joyni ijaraga olib yashagan.