Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonlik ayol bola tug‘ib, uni birovniki qilib ko‘rsatishga urindi
Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyatida yashovchi qiz barchadan yashirin tarzda bola ko‘rib, uni kimdir uy oldiga tashlab ketganday tasavvur uyg‘otishga urindi. Bu haqda “Novosti-Kazaxstan” agentligi xabar bermoqda.
Voqea Ostona shahri chetidagi Quyonli qishlog‘ida 19 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan. “U kimdir uy oldiga yangi tug‘ilgan bola solingan idish tashlab ketganini ta'kidlagan. Aniqlanishicha, bolani 20 yoshli qiz tuqqan, ota-onasidan qo‘rqib, mana shunday yo‘l tutgan”, - deb xabar berdi mahalliy huquq-tartibot idoralari xodimlari. Qizning ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Sudoldi tekshiruvlari boshlab yuborildi.