Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda talonchilar ayolning qo‘lidan 2 mln so‘mdan ortiq qiymatdagi buyumlarni tortib olishdi
Toshkentda talonchilar ayolning qo‘lidan 2 mln so‘mdan ortiq qiymatdagi buyumlarni tortib olib, o‘g‘irlab ketishdi, deb xabar beradi “Ogoh” gazetasi.
Aytilishicha, Matluba ismli ayol uyiga ketayotganida uning yo‘lini uch barzangi yigit to‘sib chiqib, kaltaklay boshlashgan. So‘ng ular ayolning 100 ming so‘mlik sumkasini tortib olishgan. Sumka ichida 1.2 mln so‘mlik Samsung telefoni, 300 ming so‘mlik Samsung Life Fleur telefoni va 300 ming so‘mlik parfyumeriya buyumlari bo‘lgan.
Matlubaning tegishli idoralarga topshirgan arizasiga muvofiq tekshiruv o‘tkazilib, talonchilar qo‘lga olingan.