Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Viza ochiqligi reytingi e'lon qilindi
Butunjahon turizm tashkiloti (UWNTO) Visa Opennes Report 2015 Viza ochiqligi indeksini e'lon qildi. Unda 2015 yil yakunlariga ko‘ra qaysi davlatlar fuqarolari chet elga vizasiz chiqa olishiga baho berilgan.
Birinchi o‘rinni yettita davlat bo‘lib oldi: Daniya, Finlyandiya, Germaniya, Italiya, Lyuksemburg, Singapur va Buyuk Britaniya. Bu davlatlar fuqarolari 160 davlatga vizasiz bora oladi.
Ikkinchi o‘ringa Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Shvetsiya va AQSh (159 davlat), uchinchi o‘ringa Belgiya, Kanada, Irlandiya, Norvegiya, Portugaliya, Ispaniya va Shveytsariya (158 davlat) qo‘yildi.
Reytingning oxirgi o‘rnida Iroq va Afg‘oniston turibdi: bu davlatlar fuqarolari 30 davlatga vizasiz chiqa oladi.
Hisobotda ta'kidlanishicha, Yer sayyorasi aholisining 39 foizi istalgan yeriga vizasiz bora oladi.