Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 14:00 / 21.01.2016
3598
1 daqiqa o‘qiladi
Yuragida jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan Latviya prezidenti hushiga keldi
Latviya prezidenti Raymond Veyonis hushiga keldi. Bu haqda Delphi nashri jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan shifoxona rahbariga tayangan holda xabar bermoqda.
Ilgariroq Veyonisga yurak klapanida o‘chog‘i joylashgan infeksion kasallik tashxisi qo‘yilganidan so‘ng u jarrohlik bo‘limiga yotqizilgani va amaliyotdan o‘tkazilgani xabar qilingan edi.
Shifokorlarning ta'kidlashicha, prezident o‘ziga kelgan va ular bilan gaplashgan. Hozircha u intensiv terapiya xonasida qolmoqda, bir haftadan so‘ng u yurak jarrohligi bo‘limiga o‘tkaziladi.