Jahon | 16:35 / 22.01.2016
3253
1 daqiqa o‘qiladi

“Gazprom” Pokistonga gaz yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi Pokistonga har yili 5-7 mln tonna tabiiy suyultirilgan gaz yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniyadagi manbalariga tayangan holda “Kommersant'” nashri xabar bermoqda. Aytilishicha, masala 21 yanvar kuni “Gazprom” rahbari Aleksey Millerning Pokiston neft vaziri Shohid Xoqon Abbosiy bilan uchrashuvi chog‘ida muhokama qilingan.

Uchrashuv chog‘ida Abbosiy 5-7 yillik istiqbolda Pokistonning suyultirilgan gazga bo‘lgan ehtiyoji yiliga 15 mln tonnaga yetishi mumkin. Pokistonga gaz “Gazprom” portfeli orqali yetkazib berilishi mumkin. 2015 yili bu ko‘rsatkich 3.5 mln tonnaga teng edi.

5 mln tonna gaz yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish uchun “Gazprom” bozorda gaz sotib olishga yangi shartnomalar imzolashi talab etiladi, ya'ni konkret ishlab chiqaruvchiga bog‘lanmagan treyderlik operatsiyasi o‘tkaziladi.